📌 BUVAYDA TUMANIDA “MOHIRLIK VA BIZNES SOATI” MASHG‘ULOTLARI MULOQOT TARZIDA O‘TKAZILDI
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-son qarori ijrosini ta’minlash, yoshlar o‘rtasida tadbirkorlik madaniyatini yuksaltirish hamda ularda innovatsion fikrlash va biznes yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Buvayda tumanidagi ta’lim muassasalarida navbatdagi “Mohirlik va biznes soati” mashg‘ulotlari tashkil etildi.
👨🏫 Mashg‘ulotlarni “Farg‘ona yoshlar texnoparki” DM Innovatsion loyihalarni jalb qilish va saralashni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i I.A. Qodirov hamda mentor D.O‘. Tojaliyev olib bordi. Darslar yoshlar bilan jonli muloqot, savol-javob va fikr almashish tarzida o‘tkazildi.
📚 Mashg‘ulotlar Buvayda tumanidagi 2-son texnikum hamda 10-, 19- va 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib o‘tdi. Darslarning 3-mavzusi — “Startap loyiha haqida umumiy tushunchalar, startaplar va oddiy biznes loyihalar o‘rtasidagi farqlar” mavzusiga bag‘ishlandi.
Post #1279
68





- ❤ 1