TGViewer
FVMMTB - Rasmiy kanali FVMMTB - Rasmiy kanali @farvmmtb · 43.8K subscribers
Post #36599 813
💎FARG‘ONADA “JASORAT MAKTABLARI” O‘QUVCHILARI VATANGA SADOQAT HAQIDA QASAMYODGA TENG VA’DA BERISHDI

🔵 Vatanparvarlik, mardlik va matonat ruhidagi unutilmas marosim

🪙Yurtga muhabbat, elga sadoqat, tinchlikni asrash va Vatan himoyasiga doimo tayyor turish — haqiqiy jasoratning muhim belgilaridir.

🌐Farg‘ona shahridagi Al-Farg‘oniy xiyobonida o‘tkazilgan “Va’da berish” marosimida “Jasorat maktablari” o‘quvchilari ana shu ezgu qadriyatlarga sodiq bo‘lishga va’da berishdi.

➡️Prezident — Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 15-noyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan “Jasorat maktablari” yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning harbiy-vatanparvarlik tayyorgarligi va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan.

⬇️Bugungi kunda Farg‘ona viloyatida 19 ta “Jasorat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 2026–2027-o‘quv yili uchun ushbu maktablarga 494 nafar iqtidorli o‘quvchi saralash sinovlari, jumladan, test va jismoniy tayyorgarlik imtihonlari asosida qabul qilindi.

⌛Tantanali marosimda viloyat va shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, ichki ishlar organlari, maktabgacha va maktab ta’limi boshqaruvi vakillari, ustozlar, faxriy harbiylar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

📍O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrashi bilan boshlangan tadbirda yoshlarning harbiylarga xos chiqishlari, safdagi hamjihatligi va ko‘tarinki ruhiyati ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

⏸— “Jasorat sinflari”ga qabul qilingan o‘quvchilarimiz bilimli, intiluvchan va jismonan chiniqqan yoshlardir, — deydi Farg‘ona shahridagi 32-maktab direktori Zulfiya Xoliqova. — Ular matematika, chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik, tarix, chet tili va fizika fanlarini chuqur o‘rganish bilan birga, robototexnika, tibbiy tayyorgarlik hamda milliy sport turlari to‘garaklarida ham qatnashadi. Harbiy qismlarda o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlar esa yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlaydi.

📊Marosim ota-onalar uchun ham hayajonli lahzalarga boy bo‘ldi.

🔹— O‘g‘lim Azizbek Abdumajitov kichikligidan otasining izidan borib, harbiy bo‘lishni orzu qilardi, — deydi Feruza Sultonova. — Bugun uning orzusi sari muhim qadam qo‘yilganidan juda xursandmiz. Uni qo‘llab-quvvatlash uchun butun oilamiz bilan keldik. Farzandim tinchlikning qadriga yetadigan, el-yurtiga sadoqatli, mard va jasur yigit bo‘lib ulg‘ayishini istaymiz.

🪙Darhaqiqat, “Jasorat” nomi yoshlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Bu maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilar nafaqat puxta bilim egallashi, balki intizom, qat’iyat, fidoyilik va mas’uliyat kabi fazilatlarni ham o‘zida mujassam etishi lozim.

🌐Al-Farg‘oniy bobomiz haykali poyida yangragan va’dalar yosh qalblardagi Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularining yorqin ifodasiga aylandi.

⌛Bugungi marosim ishtirokchilar xotirasida uzoq saqlanib qoladigan, yoshlarni ezgu maqsadlar sari ruhlantiradigan unutilmas voqea bo‘ldi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
  • 👍 2
More from @farvmmtb
  1. Oct 15, 2026‼️‼️‼️ 📣 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi ✅ Maktabgacha, umumiy o…
  2. Oct 15, 2026💎SO‘XDA “JASORAT MAKTABI” O‘QUVCHILARI VA’DA BERDI 💥So‘x tumanidagi 30-sonli “Jasorat” m…
  3. Oct 15, 2026RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda «Maktab va bog‘chalardagi majburiy obunaga qachon ch…
  4. Oct 15, 2026💎OLTIARIQDA ASOSIY FAN OLIMPIADASINING TUMAN BOSQICHI BO‘LIB O‘TMOQDA ℹ️Bugun Oltiariq tu…
  5. Oct 15, 2026💎YOZYOVONDA FAN OLIMPIADASINING TUMAN BOSQICHI BOSHLANDI 🟢Yozyovon tumanida Asosiy fan o…
  6. Oct 15, 2026🇹🇷🇺🇿 Ta’limda an’ana va innovatsiya uyg‘unligi: O‘zbekiston va Turkiya hamkorligida ya…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →