RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda «Maktab va bog‘chalardagi majburiy obunaga qachon chek qo‘yiladi?» sarlavhasi ostida Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi ta’lim muassasalarida majburiy obuna tashkil etilayotgani haqida xabar tarqaldi.
Mazkur holat Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olindi.
Holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Post #36619
634
