💎SO‘XDA “JASORAT MAKTABI” O‘QUVCHILARI VA’DA BERDI
💥So‘x tumanidagi 30-sonli “Jasorat” maktabida o‘quvchilar ishtirokida “Va’da berish” marosimi o‘tkazildi.
📊Tadbirda yoshlar Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt ravnaqi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatishga va’da berdilar.
🔸Marosimda tuman hokimligi, mudofaa va ichki ishlar organlari, ta’lim bo‘limi vakillari hamda ota-onalar ishtirok etdilar.
🟢Mazkur tadbir yosh avlodni vatanparvarlik, mardlik va intizom ruhida tarbiyalashga qaratildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Post #36620
584





