TGViewer
Farobiy IT Academy Farobiy IT Academy @farobiy_uz · 1.5K subscribers
Post #877 624

Forwarded from Digital.uz

Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.

✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi SheerID 🇺🇿 O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.

🏳️‍🌈Bu orqali talabalarimiz Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, 60 dollarga teng 1 yillik “Google Gemini AI Plus” xizmatidan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

❓“Google AI Plus” obunasi talabalarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi:

✅ Gemini ilovasi: Foydalanish limitlari ikki barobarga oshadi va ilg‘or “Flash Thinking ” modeliga kirish imkoniyati beriladi.

✅ 400 GB bulutli xotira: Google Foto, Disk va Gmail xizmatlari uchun umumiy katta hajmdagi xotira ajratiladi.

✅ Google Flow: Ilg‘or generativ modellar yordamida kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratish uchun AI-studiyaga qo‘shimcha kirish taqdim etiladi.

✅ Gmail’da Gemini: Pochta xizmatining o‘zida Gemini’dan bevosita foydalanish imkoniyati yaratiladi.

✅ Gemini Notebook: Tadqiqot yordamchisi funksiyalariga, jumladan, audio va video materiallarni qayta so‘zlab berish, testlar ishlash va boshqa imkoniyatlarga qo‘shimcha kirish beriladi.

✅ Sun’iy intellektga asoslangan musiqiy studiyaga qo‘shimcha kirish imkoniyati ochiladi.


🤖 Hurmatli talabalar, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanib, yuqori daromadli kasb egasi bo’ling. Buning uchun aileaders.uz platformasida jahonning yetakchi kompaniyalarining 100 dan ortiq xalqaro SI kurslarini bepul oʻrganing!

🧭 Sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganib o‘z oldingizga yuqori maqsad qo‘ying, SI yordamida o‘z startap loyihalaringizni boshlang: startupbase.uz

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
  • ❤ 2
  • 🔥 1
More from @farobiy_uz
  1. Oct 10, 2026⚡️ Data Analysis kursın grant tiykarında úyreniwdi qáleysiz be? 📊 Farobiy IT Academy sizg…
  2. Oct 8, 2026⚡️ Data Analysis kursini grant asosida o‘rganmoqchimisiz? 📊 Farobiy IT Academy sizga Data…
  3. Oct 8, 2026❗️DXX: 297 mln so‘m qalbaki pullarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi Tezkor tadbirda…
  4. Oct 8, 2026Kimyo bo‘yicha 2026-yilgi Nobel mukofotiga fransuz olimi Anri Kagan hamda yaponiyalik Kens…
  5. Oct 1, 2026⚡️ Data Analysis kursini grant asosida o‘rganmoqchimisiz? 📊 Farobiy IT Academy sizga Data…
  6. Oct 1, 2026🎓 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni Hurmatli o‘qituvchi va murabbiylar! Sizlarni…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →