TGViewer
Farobiy IT Academy Farobiy IT Academy @farobiy_uz · 1.49K subscribers
Post #870 965

Forwarded from Digital.uz

🎓 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni

Hurmatli o‘qituvchi va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bugun mamlakatimizda ta’lim sohasini rivojlantirish, yosh avlodga sifatli bilim berish va ular uchun zamonaviy imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz tashabbuslari va ta’lim sohasiga yuksak e’tibori natijasida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallashi, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishi uchun yangi imkoniyatlar kengayib bormoqda.

Ayniqsa, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, dasturlash, kiberxavfsizlik va boshqa zamonaviy yo‘nalishlarga bo‘lgan e’tibor ortib, bu sohalarda malakali mutaxassislarga bo‘lgan talab ham tobora oshib bormoqda. Bu jarayonda yoshlarga nafaqat chuqur bilim, balki zamonaviy kasblarni egallashga yo‘l ko‘rsatib, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda o‘qituvchi va murabbiylarning o‘rni beqiyosdir.

Zero, har qanday islohot va taraqqiyotning poydevori — bilimli, salohiyatli va zamonaviy fikrlaydigan avloddir. Ana shunday avlodni tarbiyalashdek sharafli va mas’uliyatli vazifani sidqidildan ado etayotgan barcha ustoz va murabbiylarga chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va shogirdlaringiz yutuqlaridan doimo faxrlanib yurish baxtini tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
  • ❤ 4
  • 👍 1
  • 🔥 1
More from @farobiy_uz
  1. Oct 10, 2026⚡️ Data Analysis kursın grant tiykarında úyreniwdi qáleysiz be? 📊 Farobiy IT Academy sizg…
  2. Oct 8, 2026Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platfo…
  3. Oct 8, 2026⚡️ Data Analysis kursini grant asosida o‘rganmoqchimisiz? 📊 Farobiy IT Academy sizga Data…
  4. Oct 8, 2026❗️DXX: 297 mln so‘m qalbaki pullarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi Tezkor tadbirda…
  5. Oct 8, 2026Kimyo bo‘yicha 2026-yilgi Nobel mukofotiga fransuz olimi Anri Kagan hamda yaponiyalik Kens…
  6. Oct 1, 2026⚡️ Data Analysis kursini grant asosida o‘rganmoqchimisiz? 📊 Farobiy IT Academy sizga Data…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →