TGViewer
Farkhod's Blog Farkhod's Blog @farkhodmd · 2.9K subscribers
Post #273 2.83K
Endi bolani yoshligidan «tibbiyot yo‘nalishi»ga kiritib, unga tomchilatib dori yuborish va ukol qilishni o‘rgatish taklif qilinyapti. Balki unda bolalar tug‘ilishi bilan kasbini ham taqsimlab qo‘yamiz? Xuddi «Divergent» filmidagidek: bu shifokor bo‘ladi, bu muhandis, bu yurist — tamom, boshqa savol yo‘q.

Bolaga uyda kapelnitsa qo‘yishni o‘rgatish — jiddiymisizlar? Bu «doktor-doktor» o‘yini emas. Bu tibbiy muolaja. Buning uchun ko‘rsatmalarni, qarshi ko‘rsatmalarni, dori dozalarini va mumkin bo‘lgan asoratlarni tushunish kerak. Anafilaksiya bo‘lsa-chi? Doza noto‘g‘ri berilsa-chi? Dori noto‘g‘ri yuborilsa-chi? Oqibatiga kim javob beradi?

Men o‘zim 19 yoshimgacha shifokor bo‘lishimni bilmaganman. 10–12 yoshli bola butun umr kim bo‘lib ishlashini qayerdan bilishi kerak?

Eng asosiy savol esa: bularning hammasi nima uchun?

Mayli, bola bir necha yil shunday maktabda o‘qidi va uni tugatdi. Keyin nima? Shifokor bo‘lish uchun baribir tibbiyot universitetiga kirishi, to‘liq ta’lim dasturidan o‘tishi va diplom olishi kerak bo‘ladi. Chet elda o‘qimoqchi yoki ishlamoqchi bo‘lsa, baribir tanlovlardan o‘tadi va kerakli imtihonlarni topshiradi. Xalqaro grantlar ham bunday maktabni tugatganlarning barchasiga avtomatik ravishda berilmaydi.

Bizning real hayotimizga qarasak, vaziyat yanada g‘alati ko‘rinadi. Bolani yoshligidan yillar davomida tayyorlaysiz, keyin u uzoq yillar tibbiyot o‘qiydi va oxirida poliklinikaga bir necha million so‘m maoshga ishga kirib, cheksiz patronajlar bilan yugurib yuradi...

Bolalar bolaligidan faqat bitta kasb ichida yashamasligi kerak. Voyaga yetguniga qadar ular turli narsalarni sinab ko‘rishi kerak: sport, musiqa, dasturlash, san’at, tabiiy fanlar, tillar, sayohat, volontyorlik. Bola dunyoni ko‘rishi, o‘zini turli sohalarda sinab ko‘rishi va vaqt o‘tishi bilan nimaga haqiqatan qiziqishini tushunishi kerak.

Agar bolaga tibbiyot qiziq bo‘lsa — juda yaxshi. Unga anatomiya, biologiya, birinchi yordamni o‘rgating, inson organizmi qanday ishlashini ko‘rsating. Lekin bolalikni erta professional tayyorgarlikka aylantirish, ayniqsa bolalarga tibbiy muolajalarni bajarishni o‘rgatish — bu mutlaqo boshqa masala.

Bolalarga avval bola bo‘lib yashashga imkon bering. Agar muolaja paytida biror og‘ir yoki kutilmagan vaziyat yuz bersa, bu bola uchun juda kuchli psixologik travmaga aylanishi va uning xotirasida butun umrga qolishi mumkin.

🕊farkhodmd
  • ❤ 46
  • 👍 32
  • 🤣 18
  • 🔥 10
  • 👏 5
More from @farkhodmd
  1. Oct 16, 2026ATROFGA QARAMANG... Men ko‘p yillardan beri bir xil manzarani ko‘rib kelaman. Tibbiyotda o…
  2. Oct 16, 2026НЕ СМОТРИ ПО СТОРОНАМ... Я много лет вижу одну и ту же картину. Еще в меде люди из других…
  3. Oct 7, 2026Эту музыку я написал в далеком 2011 году, когда учился на первом курсе медвуза. Эта мелоди…
  4. Oct 1, 2026🕊farkhodmd
  5. Sep 18, 2026Hali uzoq 2009-yilda men atrofimdagi odamlarni — o‘sha paytda “do‘st” deb bilgan insonlari…
  6. Sep 18, 2026Еще в далеком 2009 году я начал внимательно анализировать свое окружение — людей, которых…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →