TGViewer
Farkhod's Blog Farkhod's Blog @farkhodmd · 2.89K subscribers
Post #263 9.81K
Agar yana kimdir “shifokor majbur” desa, shunchaki unga mana buni ko‘rsating:

Sen shifokor bo‘lishga qaror qilding, chunki kasb egallashni, o‘zingni, oilangni ta’minlashni va normal kelajak qurishni xohlading.

Tibbiyot universitetiga borib aytasan:
— Men shifokor bo‘lmoqchiman.

Senga javob berishadi:
— Yaxshi. Avval imtihon topshirasan. Keyin yiliga taxminan $2000 to‘laysan. 6–7 yil o‘qiysan. Kam uxlaysan, ko‘p o‘qiysan, buning katta qismini o‘zing mustaqil o‘rganasan. Yo‘l-yo‘lakay seni kamsitishadi, byurokratiya bilan qiynashadi va doim sen hech kim emasligingni eslatib turishadi. Oxirida oladigan diploming esa asosan faqat o‘z mamlakatingda ishlaydi. AQSh yoki Yevropada ishlamoqchi bo‘lsang — deyarli hammasini boshidan boshlaysan.

Sen aytasan:
— Yaxshi, roziman. KONTRAKT imzolaysan.

Ota-onang yillar davomida sening ta’liming va sening kelajaging uchun pul to‘laydi. Qo‘shnilarning kelajagi uchun emas, davlat uchun emas, atrofdagi hamma odamlar uchun emas — sen uchun.

6–7 yil o‘tadi. Hayotingning eng yaxshi yillarini sarflaysan, diplom olasan va nihoyat universitetdan shifokor bo‘lib chiqasan.

Shunda odamlar diplomingni ko‘rib:
— Ooo, demak sen shifokorsan?! Demak, endi sen bizga qarzdorsan! Bu yoqqa kel, haromi! Ishla! Sen axir shifokorsan! Qayoqqa qochyapsan?! Unda nega shifokor bo‘lding?!

🕊farkhodmd
  • 😢 121
  • 🔥 38
  • 😁 29
  • 💯 26
  • 👍 11
More from @farkhodmd
  1. Oct 16, 2026ATROFGA QARAMANG... Men ko‘p yillardan beri bir xil manzarani ko‘rib kelaman. Tibbiyotda o…
  2. Oct 16, 2026НЕ СМОТРИ ПО СТОРОНАМ... Я много лет вижу одну и ту же картину. Еще в меде люди из других…
  3. Oct 7, 2026Эту музыку я написал в далеком 2011 году, когда учился на первом курсе медвуза. Эта мелоди…
  4. Oct 1, 2026🕊farkhodmd
  5. Sep 18, 2026Hali uzoq 2009-yilda men atrofimdagi odamlarni — o‘sha paytda “do‘st” deb bilgan insonlari…
  6. Sep 18, 2026Еще в далеком 2009 году я начал внимательно анализировать свое окружение — людей, которых…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →