Siz “neyroslop” yozyapsiz
Hozirgi kunda sun’iy intellekt yozgan matnlarga ko‘milib ketganmiz. Sun’iy intellekt yaratgan sifatsiz, ortiqcha va keraksiz kontent neyroslop deyiladi. Siz ham shu xatoni qilyapsizmi?
Hozir biror kishiga vazifa berilsa, natijada 10 varoqli, SI yozgan matnni olib keladi. Prototip qil desa, 10 sahifalik prototip qiladi, lekin uning ichida nima bo‘layotgani, talablarga javob beradimi kabi narsalarni tushunmaydi.
Har doim ham ko‘p degani yaxshi emas. Kim o‘qiydi buncha matnni?
Oldinlari Slack’da hamkasblarimga savol bersam, “Ha” yoki “Yo‘q” deb javob berishar edi. Endi esa SI bergan "xamsa" shaklda javob berishadi.
Mayli, SI ishlatinglar, lekin promptingizga, skill’laringizga “Qisqa va lo‘nda yoz” degan talabni ham kiritinglar. Yana bir qo‘shimcha – “Xuddi g‘orda yashaydigan odamga tushuntirgandek tushuntir”, deb yozinglar, iltimos. Shunda qisqa va juda tushunarli yoza boshlaydi.
O‘zi ish tartibimiz “sening SI’ing bergan natijani mening sun’iy intellektim tekshiradi” degan holatga aylanib boryapti.
-------
@farkhod_com
Post #478
890
- 👍 16
- 😁 12
- ❤ 3