TGViewer
Xorijiy vakansiyalar Xorijiy vakansiyalar @f_vacancy · 875 subscribers
Post #172 5.67K
🇰🇷 KUTILGAN TANLOV: HD HYUNDAI BILAN KEMASOZLIK SOHASIDA YANGI IMKONIYAT!

Koreyada E-9 vizasi asosida ishlashni maqsad qilganlar uchun navbatdagi imkoniyat!
Migratsiya agentligi va HD Hyundai Heavy Industries hamkorligida kemasozlik sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kurslariga 2026-yildagi 3-tanlov e’lon qilinadi.


📍 O‘qish joyi: Farg‘ona shahridagi KOICA markazi
🏠 O‘qish va yotoqxona xarajatlari Migratsiya agentligi tomonidan qoplab beriladi.
💰 Minimal oylik ish haqi: 2,156 mln von (taxminan 1605 AQSH dollari)

❓ Kimlar ishtirok etishi mumkin?

▪️SPAS bazasidagi hujjatlarining amal qilish muddati 2027-yil 5-fevraldan keyin kamida 6 oy, ya’ni 2027-yil avgustgacha bo‘lgan;
▪️2026 EPS topik testlaridan muvaffaqiyatli o'tgan va SPAS bazaga kirish uchun hujjatlarini topshirib va tasdiqlanish jarayonida turgan;
▪️ EPS-TOPIKning ishlab chiqarish sohasi bo‘yicha imtihonida 80 va undan yuqori ball olgan;
▪️ 80 balldan kam olgan taqdirda TOPIK yoki “Qirol Sejong” sertifikatiga ega bo‘lgan;

❗️Yosh chegarasi:
▪️1992-yil 1- yanvardan keyin
▪️2006 -yil 31- dekabrgacha tug'ilganlar

📄 Kerakli hujjatlar:
▪️👉Anketa👈
▪️👉Tilxat👈
▪️ pasport nusxasi (rangli);
▪️ 2 dona foto (3,5×4,5);
▪️ til sertifikati (mavjud bo‘lsa).

TANLOVGA OLDINDAN TAYYORLANING!

Nomzodlarga qulaylik yaratish maqsadida test va suhbat jarayonida berilishi mumkin bo‘lgan taxminiy savollar bilan oldindan tanishish imkoniyati taqdim etiladi.

👉 Taxminiy savollar bilan tanishish👈

🗓 Muhim sanalar:

✅ Hujjatlar qabuli — 6–23-oktabr
✅ Hujjatlari tasdiqlangan nomzodlar e’loni — 28-oktabr
✅ Test va suhbat — 2–6-noyabr
✅ O‘qishga qabul qilinganlar e’loni — 11-noyabr
✅ O‘qish muddati — 2026-yil 16-noyabr – 2027-yil 5-fevral
✅ Yakuniy baholash — 2027-yil 10-fevral


📍 Hujjatlar Migratsiya agentligining 👉hududiy filiallarida👈 qabul qilinadi.

🚫 Eslatma:
Avval Koreyada qonunbuzarlik qilgan, jarimaga tortilgan, nolegal ishlagan yoki qalbaki hujjat sabab viza rad etilganlar hujjat topshira olmaydi!

⚠️ Muhim:
Minimal baholash mezonlariga javob bermaganlar HD Hyundai tomonidan loyihadan chiqariladi.


📞 Ma’lumot uchun: 71 202 33 55
Ichki raqamlar: 241, 243, 244

Yaqinlaringizga tarqating!

So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
Ko‘rsatilgan muddatlar arizalar soni va boshqa omillarga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.
  • ❤ 2
More from @f_vacancy
  1. Oct 18, 2026🇭🇷 Хорватия иш берувчилари Ўзбекистонга келиб, мутахассисларни танлашга тайёр Миграция а…
  2. Oct 18, 2026🇸🇰 SLOVAKIYADA IZOLYATSIYA MONTAJCHILARI UCHUN BO‘SH ISH O‘RINLARI Migratsiya Agentligi…
  3. Oct 17, 2026📍🇮🇱 Tel-Aviv, Исроил. 📹 2026 йил, июн ойида BestWill жамоаси ёрдамида Исроил давлатига…
  4. Oct 17, 2026🇵🇱 POLSHAGA ISHLAB CHIQARISH VA AVTOSERVIS SOHASIGA ISHCHILAR KERAK Svarshchik - o’rtach…
  5. Oct 17, 2026🇧🇬 BOLGARIYADA QONUNIY ISH!! 😎 OUKAWAY Xususiy Bandlik Agentligi ⚙ AVTOBUS USTALARI - �…
  6. Oct 17, 2026🇩🇪 ASKANIA BILDUNG TAQDIM ETADI! 🔥 3 000 TA YANGI O‘QUV O‘RNI! GERMANIYADA ISHLASH IMKO…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →