TGViewer
e-gov.uz e-gov.uz @egovuz · 5.5K subscribers
Post #6660 943

Forwarded from my.gov.uz

🏆 O‘zbekiston — Olimpiada chempioni!

🥇 O‘zbekiston terma jamoasi 2026-yilgi Shaxmat olimpiadasining oltin medallari va chempionlik kubogini qo‘lga kiritdi.

🇺🇿 Chempionlarimiz — Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidov. Jamoaga sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov sardorlik qildi.

🗣"Ikki karra olimpiada chempioni degan yuksak sharafli unvon, buyuk zafar barchamizga, ko‘pmillatli xalqimizga muborak bo‘lsin!

Mana shu g‘oyat hayajonli onlarda 200 dan ziyod mamlakatdan 2 mingga yaqin eng kuchli va mashhur grossmeysterlar, nomdor jamoalar ishtirok etgan murosasiz bellashuvlarda ko‘rsatgan aql-zakovatingiz, yuksak irodangiz, mahorat va jasoratingiz uchun butun el-yurtimiz, dunyo shaxmat jamoatchiligi sizlarga tasannolar aytmoqda.

Sizlar – Yangi O‘zbekiston qahramonlari, jahon shaxmat olamida yangi tarix yaratgan oltin avlodsiz", – deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tabrigida.
👍  Eslatib o'tamiz, my.gov.uz portali sport sohasi vakillari uchun ham eng yaqin ko‘makchi!

🏆 Sportchilar uchun:

🟢Sport unvonlari va razryadlarini olish: Mahoratingizni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlarga ega bo‘ling!

🟢Sport pasportini olish: Faoliyatingizni rasmiylashtiring va imtiyozlardan foydalaning!

🟢Sport unvonini tekshirish: Unvoningizning haqiqiyligini osongina tekshirib ko‘ring.

🟢Sport imtiyozlarini tekshirish: Qonuniy imtiyozlaringiz haqida ma’lumotga ega bo‘ling.

🥇Yosh sportchilar uchun:

🟢Sport maktablariga onlayn ariza berish: O‘zingizga mos sport maktabini tanlang va onlayn ariza topshiring!

❗️ G‘alaba sari yo‘lni my.gov.uz bilan boshlang!

🌐 my.gov.uz|egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot
  • 👍 4
  • 🔥 1
More from @egovuz
  1. Oct 3, 2026MyGov орқали номингизга расмийлаштирилган барча фаол банк карталари ва SIM-карталарни осон…
  2. Oct 2, 2026❗️ Diqqat, firibgarlar! ⌨️ Hozirda "APK Qo‘riqchi" nomidan foydalangan holda telegram orqa…
  3. Oct 2, 2026🎬 "my.gov.uz taksi": Navbatdagi son! 🎙 Ba’zan manzilga yetib borguncha nafaqat yo‘l, bal…
  4. Oct 2, 2026▶️ Kamroq byrokratiya - ko'proq imkoniyat: Raqamlashtrish fuqarolar hayotini qanday o'zgar…
  5. Oct 2, 2026#Qonunchilikdagi_yangiliklar ☄️ Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilingan…
  6. Oct 1, 2026✨ Qadrli ustoz va murabbiylar! Jamiyatimiz taraqqiyotiga qo‘shgan hissangiz, yosh avlodni…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →