#Qonunchilikdagi_yangiliklar
☄️ Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilingan xodimlar uchun qo‘shimcha kafolatlar belgilandi
🟡 Hukumatning qarori (519-son, 28.09.2026-y.) bilan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilingan shaxslarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi. Unga ko‘ra, xodimlarga quyidagi imtiyoz va kafolatlar beriladi:
1️⃣ Uchinchi oy uchun o‘rtacha oylik ish haqini olish
⏺ Shaxs ishdan bo‘shaganidan so‘ng 30 kalendar kun ichida YIDXP orqali murojaat qilishi lozim (30 kunlik muddat o‘tgandan keyin berilgan murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi).
⏺ Hujjatlar to‘liq bo‘lsa, mahalliy mehnat organi xodimni ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga oladi.
⏺ Berilgan ma’lumotnoma asosida xodim avvalgi ish joyidan uchinchi oy uchun ham o‘rtacha oylik ish haqini olish huquqiga ega bo‘ladi.
2️⃣ Muddatidan oldin pensiya tayinlash
⏺ Kimlarga qo‘llaniladi? Umumiy mehnat staji 25 yildan kam bo‘lmagan 58–60 yoshdagi erkaklar va umumiy mehnat staji 20 yildan kam bo‘lmagan 53–55 yoshdagi ayollar.
⏺ YIDXP orqali so‘rovnoma yuborilib, unga mehnat shartnomasi bekor qilingani haqidagi buyruq nusxasi (staj to‘liq raqamlashmagan bo‘lsa, mehnat daftarchasi ham) ilova qilinadi.
⏺ Mahalliy mehnat organi hujjatlarni 2 ish kuni ichida tekshiradi va shaxsni ish qidirayotgan sifatida ro‘yxatga olib, 3 oy davomida maqbul ish topish choralarini ko‘radi. Agar shu vaqt ichida mos ish topilmasa, shaxs ishsiz deb e’tirof etiladi va muddatidan oldin pensiya tayinlash uchun taqdimnoma Pensiya jamg‘armasiga yuboriladi (pensiya tayinlangach, ishsizlik nafaqasi to‘xtatiladi).
❗️Muhim: Yuqoridagi davlat xizmatlari uchun to‘lov undirilmaydi.
🌐 egov.uz
|Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn
Post #6675
706