TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 143K subscribers
Post #52861 21.1K
#Yigʻilish #Xavfsiz_talaba

“Xavfsiz talaba” platformasini joriy etish va talabalar xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi


Bugun, 12-oktyabr kuni Ta’lim va ilm-fan vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentyabr kuni Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasida “Vaziyatlar markazi” faoliyati bilan tanishish chog‘ida bergan topshiriqlari ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Bosh prokuratura tashabbusi bilan tashkil etilgan yig‘ilishda Ichki ishlar vazirligi hamda Ta’lim va ilm-fan vazirligining mas’ul xodimlari, shuningdek, Toshkent shahridagi oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda oliy ta’lim tashkilotlari talabalar turar joylariga oid ma’lumotlarni “EduBilling” axborot tizimida shakllantirish, o‘quv binolari va talabalar turar joylarida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari hamda kirishni nazorat qilish va boshqarish (SKUD) tizimlarini “Vaziyatlar markazi”ga integratsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud holat atroflicha muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/231736

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 18
  • 😁 7
  • 👍 5
More from @eduuz
  1. Oct 13, 2026❗️Diqqat! Vazir nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Resp…
  2. Oct 13, 2026Xivada Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etildi 🇺🇿🇨🇳 O‘zbekiston va Xit…
  3. Oct 12, 2026🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 Amazon Web Services {👩‍💻} kurslari endi aileaders.uz platformasida! 🔊 AQS…
  4. Oct 12, 2026#Tanlov #Natija 🗣“Til bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqich g‘oliblari ani…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →