TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 144K subscribers
Post #52872 36.6K
❗️Diqqat! Vazir nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov nomidan fuqarolarga soxta xabarlar yuborilayotgani aniqlandi.

Xususan, Telegram orqali vazirlikda olimlar faoliyati yuzasidan ichki tekshiruv o‘tkazilayotgani, shu munosabat bilan fuqarolar bilan Davlat xavfsizlik xizmati mayori bog‘lanishi haqida asossiz xabarlar tarqatilmoqda.

Ma’lum qilamizki, vazir nomidan yuborilayotgan mazkur xabarlar haqiqiy emas.

Fuqarolardan bu kabi shubhali xabarlarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lishlarini va quyidagilarga amal qilish so‘raladi:
▪️ Noma’lum akkauntlardan kelgan xabarlarga ishonib, shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etmang.
▪️ Pasport ma’lumotlari, SMS-kodlar va boshqa maxfiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga bermang.
▪️ Shubhali xabarlarni boshqalarga tarqatmang.
▪️ Vazirlik faoliyatiga oid ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshiring.

Vazir yoki vazirlik nomidan tarqatilayotgan shubhali xabarlarga duch kelsangiz, ularning haqqoniyligini rasmiy axborot kanallari orqali aniqlashtirishingizni tavsiya etamiz.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 👍 16
  • ❤ 6
  • 😁 6
  • 🤔 4
  • 😱 3
More from @eduuz
  1. Oct 14, 2026UrDU talabalari yaratgan innovatsion qurilmalar amaliyotga joriy etilmoqda Abu Rayhon Beru…
  2. Oct 14, 2026#Diqqat #OliyTaʼlimdanKeyingiTaʼlim Oliy ta’limdan keyingi ta’limga hujjat topshirish 15-o…
  3. Oct 14, 2026❗️Edu.uz — eng ko‘p iqtibos keltiriladigan Telegram kanallari qatorida! O‘zbekistonning ra…
  4. Oct 14, 2026#Bitiruvchilar_bandligi |#Topshiriq_ijrosi Urganch davlat pedagogika institutida bitiruvch…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →