TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 143K subscribers
Post #52850 10.1K
#Tanlov #Natija

🗣“Til bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi

🏛 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilayotgan “Til bilimdonlari” respublika tanlovinining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

➡️Ushbu bosqichda har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va saralash bosqichida eng yuqori natijaga erishgan 304 nafar ishtirokchi mazkur oliygohlarga tashrif buyurib, kuzatuvchi nazorati ostida 2-bosqich testlarini ishladi.

📝 Ishtirokchilarga o‘zbek tili imlo qoidalari, tinish belgilarining qo‘llanilishi, savodxonlik va davlat tili to‘g‘risidagi qonun bo‘yicha 50 ta test berildi. Shuningdek, sinov tariqasida ommaviy diktant olindi. Test natijalari teng bo‘lib qolgan taqdirda, yuqori o‘rinlar aynan shu diktant natijasiga ko‘ra aniqlandi. Yakunda har bir hudud bo‘yicha 1-,2-,3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar aniqlandi va tanlovning yakuniy respublika bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

➡️G‘oliblar ro‘yxatini ko‘rish

🏆Tanlov nizomiga muvofiq, hududiy bosqich g‘oliblari o‘zi tahsil oladigan oliy ta’lim muassasasi tomonidan bazaviy stipendiya miqdorining 4 barobari (1-o‘rin), 3 barobari (2-o‘rin) va 2 barobari (3-o‘rin) miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 15
  • 👍 9
  • 🔥 4
  • 🥰 1
More from @eduuz
  1. Oct 12, 2026#Yigʻilish #Xavfsiz_talaba “Xavfsiz talaba” platformasini joriy etish va talabalar xavfsiz…
  2. Oct 12, 2026🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 Amazon Web Services {👩‍💻} kurslari endi aileaders.uz platformasida! 🔊 AQS…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →