TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 144K subscribers
Post #52665 17.2K
Rasmiy munosabat

Hali foydalanishga rasman topshirilmagan talabalar turar joyiga joylashtirilgan talabalar boshqa talabalar turar joylariga koʻchirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari talabalar turar joyidan chiqarib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Toshkent shahri Talabalar shaharchasida Toshkent davlat texnika universiteti tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan talabalar turar joyi hozircha rasman foydalanishga topshirilmagan.

Mazkur obyektning kadastr hujjatlari hali rasmiylashtirilmagan hamda undan foydalanish uchun zarur tegishli ruxsatlar olinmagan. Shu sababli obyektga talabalarni rasmiy tartibda joylashtirish imkoni mavjud emas.

Amaldagi tartibga koʻra, talabalar turar joyiga joylashish uchun talaba Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali ariza topshiradi hamda belgilangan tartibda yoʻllanma olganidan soʻng turar joyga joylashtiriladi.

Biroq tadbirkor tomonidan mazkur obyektda ayrim talabalar belgilangan tartibga rioya etilmagan holda, tegishli yoʻllanmasiz joylashtirilgani aniqlandi. Shuningdek, Toshkent davlat texnika universitetiga tegishli boʻlmagan boshqa oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining ham ushbu obyektga joylashtirilgan holatlari kuzatilgan.

Mazkur holat aniqlangach, talabalarning xavfsizligi va ular uchun zarur sharoitlarni taʼminlash maqsadida barcha talabalar obyektdan chiqarilib, Toshkent davlat texnika universitetining mavjud boʻsh talabalar turar joylariga vaqtincha joylashtirildi. Boshqa oliy taʼlim tashkilotlari talabalari esa tegishli masʼullar orqali oʻz taʼlim tashkilotlariga qaytarildi.

Xorijiy talabalarni ham tegishli ruxsat hujjatlarisiz, foydalanishga rasman topshirilmagan obyektda joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Shu bois ular ham xavfsizlik choralari doirasida mazkur obyektdan chiqarildi.

Ayni paytda talabalar turar joyining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va undan foydalanish uchun zarur ruxsatlarni olish boʻyicha ishlar davom etmoqda. Shuningdek, obyektda issiq suv va isitish tizimlari hali toʻliq ishga tushirilmagan.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, mazkur obyektning rasmiy ochilish marosimi ham hali oʻtkazilmagan. Qurilish ishlari belgilangan muddatda toʻliq yakunlanmagani sababli avgust oyida hududlarda oʻtkazilgan ochilish tadbirlari doirasida ushbu obyektdan foydalanish boshlanmagan.

Barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli ruxsatlar olingach, obyekt belgilangan tartibda foydalanishga topshiriladi va talabalarni joylashtirish amaldagi tartib asosida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, mazkur obyektga avval joylashtirilgan talabalardan undirilgan toʻlovlar tadbirkor tomonidan toʻliq, yaʼni 100 foiz miqdorida qaytarib berildi.


Taʼkidlash joizki, talabalarning mazkur obyektga belgilangan tartibdga rioya etmagan holda tadbirkor tomonidan joylashtirilgani haqida universitet ham, vazirlik ham oldindan xabardor boʻlmagan. Holat aniqlanganidan soʻng talabalarning xavfsizligi va qonuniy manfaatlarini taʼminlash maqsadida tegishli choralar koʻrildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 14
  • 👍 8
  • 😁 4
More from @eduuz
  1. Oct 7, 2026#Turizm Sharqshunoslar Nanay qishlog‘ida Nanay qishlog‘i o‘zining betakror tog‘ manzaralar…
  2. Oct 7, 2026▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️ 📣 DIQQAT! E'LON! 🏢 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP hamda At-t…
  3. Oct 7, 2026O‘zbekistonlik talabalar xalqaro olimpiadada yuqori natijalarni qayd etdi 2026-yil 27-sent…
  4. Oct 7, 2026Cyber University vakillari “Cyberkent 4.0” musobaqasida yuqori natijalarni qayd etdi “Cybe…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →