#Turizm
Sharqshunoslar Nanay qishlog‘ida
Nanay qishlog‘i o‘zining betakror tog‘ manzaralari, musaffo tabiati, salqin iqlimi va osoyishta muhiti bilan sayyohlar uchun jozibador manzillardan biridir.
Hudud tog‘ turizmi, ekoturizm, oilaviy dam olish, piyoda sayohat, gastronomik turizm, qishloq turizmi hamda mahalliy madaniyat bilan yaqindan tanishish uchun ham katta imkoniyatlarga ega.
Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetining bir guruh talabalari Yangiqoʻrgʻon tumanining diqqatga sazovor maskanlarida bo‘lib, turizm imkoniyatlarini mahalliy va xorijiy auditoriyaga tanishtirish maqsadida xitoy, yapon, tojik, koreys, arab va boshqa tillarda videoroliklar tayyorladi.
🌿 Nanay — tabiat, sayohat va osoyishtalik uyg‘unlashgan maskan!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #52686
5.47K


- ❤ 7
- 👍 2
- 👏 1