O‘zbekistonlik talabalar xalqaro olimpiadada yuqori natijalarni qayd etdi
2026-yil 27-sentabr – 2-oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk shahridagi Sibir federal universitetida VI Xalqaro moliyaviy xavfsizlik olimpiadasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur xalqaro olimpiadada O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlaridan 10 nafar talaba ishtirok etib, ularning 9 nafari g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 2-o‘rinni qayd etdi.
Olimpiadada talabalar yurisprudensiya, xalqaro munosabatlar, iqtisodiy xavfsizlik va axborot xavfsizligi yo‘nalishlarida o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etishdi.
O‘zbekistonlik talabalarni ushbu yuksak natija bilan muborakbod etamiz!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #52681
7.63K




- 🔥 9
- ❤ 6
- 👍 3
- 👏 3