TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 144K subscribers
Post #52488 11.5K
“Korxona — oliygoh — maqsadli kadr”: talabalar uchun yangi imkoniyatlar

Kelasi yildan 75 ta oliy taʼlim tashkilotida, 2028-yildan esa barcha oliygohlarda “korxona — oliygoh — maqsadli kadr” tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Ish beruvchi oʻz ehtiyojiga mos kadrga buyurtma beradi, abituriyent testsiz, suhbat asosida qabul qilinadi.

Ishga qabul qilingan talabaning maoshining yarmi davlat tomonidan qoplanadi. Korxona biriktirgan ustozga oliygoh pedagogining maoshiga teng miqdorda qoʻshimcha haq toʻlanadi.

Korxona oliygoh yoki talaba yashaydigan joydan uzoq boʻlsa, ijara xarajatlari ham qoplanadi.

Oʻqish va ishda yaxshi natija koʻrsatgan talaba ikkinchi kursdan davlat grantiga oʻtishi mumkin. Bu tizim talabaga bir vaqtning oʻzida tahsil olish, ishlash va mutaxassislik boʻyicha amaliy tajriba orttirish imkonini beradi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 👍 10
  • ❤ 7
  • 😁 2
  • 🔥 1
  • 😱 1
More from @eduuz
  1. Oct 1, 2026Hurmatli ustozlar va murabbiylar! Sizlarni 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bila…
  2. Sep 30, 2026Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
  3. Sep 30, 2026Texnikum ustalari va xususiy texnikumlar uchun yangi imkoniyatlar Har yili 500 nafar texni…
  4. Sep 30, 2026I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi davom etmoqda Bugun O‘zbekiston davlat ji…
  5. Sep 30, 2026#magistratura #qabul2026 #imkoniyat ❗️Muddat uzaytirildi! Magistr xotin-qizlar kontrakt to…
  6. Sep 30, 2026Ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish masalalari xalqaro anjumanda muhokama qilindi Oli…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →