I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi davom etmoqda
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida I Markaziy Osiyo talabalar sporti forumi doirasida xalqaro uchrashuv va bayram tadbiri o‘tkazildi.
Unda Xalqaro universitet sporti federatsiyasi (FISU) prezidenti Leonz Eder, FISU Bosh kotibi o‘rinbosari Fernando Silva Parente, Markaziy Osiyo talabalar sporti federatsiyasi prezidenti Qayrat Qayrullinovich, Mo‘g‘uliston talabalar sporti federatsiyasi Bosh kotibi Jargalsayxan Dorjsuren, Tojikiston talabalar sporti federatsiyasi raisi Shodi Safarov hamda O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etdi.
Xalqaro mehmonlar dastlab universitet muzeyi bilan tanishib, oliygohning faoliyati, ta’lim jarayoni va sport infratuzilmasi haqida ma’lumot oldilar.
Shundan so‘ng o‘tkazilgan uchrashuvda talabalar sportini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va almashish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi hamda universitet va FISU o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Batafsil...
👉 На руском
👉 In English
#XalqaroForum #FISU
#Talabalar_sporti
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #52489
6.86K










- ❤ 9
- 🔥 1
- 😁 1