TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 145K subscribers
Post #52390 15.2K
"Prezidentimizning yonida mening ham bolam turarmikan, deb havas qilardim"

Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxmatchilar bilan uchrashuvida yirik musobaqada ilk bor ishtirok etgan Muhiddin Madaminovning onasi Iroda Isroilova so‘zga chiqib, farzandi va yosh shaxmatchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

"Prezidentimiz bolalar bilan suhbat qurganlarini televizorda ko‘rib, “Mening bolamning orqasida ham Prezidentimiz turarmikan, yonida bolam turarmikan”, deb juda havas qilardim. Allohga behisob shukr, shu kunlarga yetkazganiga. Men baxtli onaman", — dedi Iroda Isroilova.


U farzandi shaxmatdagi ilk qadamlarini qo‘yayotgan paytlarda xorijga chiqish vizasi va aviachiptalar xarajatlarini qoplash, chet ellik murabbiylarni jalb qilish kabi masalalar ota-onalar uchun katta muammo bo‘lganini esladi.

"Bularning hammasini qilib berganingiz uchun, bolalarimiz shu darajaga tezlikda yetib chiqqanlari uchun sizga alohida minnatdorlik bildiraman. Hozirgi kunda bir ona uchun bizga boshqa nima kerak? Faqat Sizni, bolalarimizni duo qilamiz", — dedi shaxmatchining onasi.


Yillar avval televizor qarshisida turib, farzandini ham Prezident yonida ko‘rishni orzu qilgan ona bugun o‘sha orzusi ro‘yobga chiqqanini ta’kidladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 28
  • 👍 9
  • 👏 4
More from @eduuz
  1. Sep 30, 2026Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
  2. Sep 30, 2026Texnikum ustalari va xususiy texnikumlar uchun yangi imkoniyatlar Har yili 500 nafar texni…
  3. Sep 30, 2026I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi davom etmoqda Bugun O‘zbekiston davlat ji…
  4. Sep 30, 2026“Korxona — oliygoh — maqsadli kadr”: talabalar uchun yangi imkoniyatlar Kelasi yildan 75 t…
  5. Sep 30, 2026#magistratura #qabul2026 #imkoniyat ❗️Muddat uzaytirildi! Magistr xotin-qizlar kontrakt to…
  6. Sep 30, 2026Ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish masalalari xalqaro anjumanda muhokama qilindi Oli…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →