Oliy va kasbiy ta’limni mehnat bozori talablariga mos ravishda rivojlantirish, zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarga ega raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, fan, ta’lim va innovatsiyalar integratsiyasini kuchaytirish, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi samarali hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ilg‘or raqamli va innovatsion yechimlarni o‘quv jarayoniga joriy etish borasida Koreya Respublikasining ilg‘or tajribasini o‘rganish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bir guruh mas’ullari 2026-yil 20–30-sentyabr kunlari Koreya Respublikasida tashkil etilgan malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.
Dastur doirasida delegatsiya a’zolari GRAND-ICT seminarida ishtirok etib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlashning zamonaviy yondashuvlari bilan tanishdilar.
Shuningdek, Tech University of Korea (TUK) universiteti faoliyati o‘rganilib, ta’lim, ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyat integratsiyasi bo‘yicha tajriba almashildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/225109
#xalqaro_hamkorlik #malaka_oshirish
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram



