🇺🇿🇯🇵 Yaponiyada tahsil: O‘zbekiston uchun yangi grant kelishuvi imzolandi!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida inson resurslarini rivojlantirishga qaratilgan JDS — Japanese Grant Aid for Human Development Scholarships loyihasi doirasida Notalar almashinuvi va Grant kelishuvini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kendzi Hirata, JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Mamoru Sakay hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirok etdi.
Loyihaning asosiy maqsadi — O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, davlat boshqaruvi va strategik sohalarda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirishdan iborat.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/225248
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #52290
7.88K










- ❤ 12
- 🔥 5
- 👍 4