Ta’lim sohasi fidoyilarining bir guruhi mukofotlandi
Bugun, 29-sentabr kuni yaqinlashib kelayotgan O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Prezident farmoni imzolandi. Unga ko‘ra, ta’lim-tarbiya tizimida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan bir guruh pedagog va mutaxassislar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Ular orasida oliy, kasbiy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar ham bor.
Jumladan:
🏅“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan
Soleyev Ahmadjon — Samarqand davlat universiteti birinchi prorektori;
🏅“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
Mamajonov Alijon — Farg‘ona davlat universiteti professori;
Muhamedbayeva Zamira Abduljaparovna — Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali professori;
🏅“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Mirtadjiyeva Karamat Taxirovna — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti laboratoriya mudiri;
Safarov Eshkabul Yuldashovich — O‘zbekiston Milliy universiteti professori;
Uzakov Zair — Qarshi davlat texnika universiteti professori;
🏅 I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
Vinogradova Valentina Ivanovna — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi instituti katta ilmiy xodimi;
Yaxshiyeva Zuxra Ziyatovna — Jizzax davlat pedagogika universiteti dekani;
🏅 “Do‘stlik” ordeni bilan
Bayriyeva Almagul Qurbanovna — Qoraqalpoq davlat universiteti kafedra mudiri;
Imamov Erkin Zunnunovich — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori;
Sattorov Bobonazar Nuftillayevich — Kasbi tumani 1-texnikumi direktori;
🏅 II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
Abduraxmonova Nigora Xudoyberdiyevna — Termiz jamoat salomatligi texnikumi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari;
Mamarasulov To‘lqinjon Mirzayevich — Qarshi davlat universiteti kafedra mudiri;
🏅 “Mardlik” ordeni bilan
Kushmurotov Elmurot Jurakulovich — “University of innovation technologies” nodavlat ta’lim muassasasi ta’sischisi;
🏅 “Sog‘lom turmush” medali bilan
Aliyeva Nargiza Ziyodillayevna — Navoiy pedagogika texnikumining pedagogika psixologiyasi fani o‘qituvchisi;
🏅 “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
Mo‘minov Fazliddin Xusniddin o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yig‘ma-axborot va hududiy masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i;
Rasulov Sodiq Sa’dullayevich — Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi direktorining o‘rinbosari;
🏅“Kelajak bunyodkori” medali bilan
Atoyev Abubakir Izzatillo o‘g‘li — Buxoro davlat texnika universiteti o‘qituvchisi;
Sangirov Jumaniyoz Alijon o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutining Yosh olimlar kengashi raisi o‘rinbosari;
🏅 “Shuhrat” medali bilan
Mirxamitova Dilorom Xudayberdiyevna — Olmaliq davlat texnika instituti dekani;
Sadinov Abror Samadovich — Paxtachi tumani 1-texnikumi direktori;
Temirova Adolat Avazxanovna — Yangiyo‘l agrotexnologiyalar texnikumining ishlab chiqarish ta’limi ustasi;
Xolxodjayev Boxodir Asatullayevich — Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti;
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
