TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 144K subscribers
Post #52417 3K
“Besh tashabbus olimpiadasi”: talabalar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalariga start berildi

Bugun, Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etilayotgan ommaviy sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Shuningdek, mamlakatimizda 29-sentabr – 2-oktabr kunlari o‘tkazilayotgan I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Butunjahon universitetlar sporti federatsiyasi (FISU) hamda Osiyo universitetlar sporti federatsiyasi (AUSF) rahbariyati vakillari ham marosimda qatnashdi.

Tantanali marosimda FISU prezidenti Leonz Eder hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirokida musobaqalarga ramziy start berish tugmasi bosildi. Shu tariqa oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida 2026-yilgi sport bellashuvlariga rasman start berildi.

#BeshTashabbusOlimpiadasi #TalabalarSporti #Xalqaro_forum

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 9
More from @eduuz
  1. Sep 29, 2026#Mirziyoyev #uchrashuv #shaxmatchilar #taqdirlash Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va…
  2. Sep 29, 2026#xalqaro_hamkorlik #ilm_fan #konferensiya AIFUda 16 mamlakat vakillarini birlashtirgan ICT…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →