TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 144K subscribers
Post #52301 42.3K
Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish hamda oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdi.

Yangi darsliklarda o‘quvchilarning tanqidiy va mustaqil fikrlashi, ijodkorligi, muloqot va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2027-yilgacha 1 342 nomdagi darslik va o‘quv-metodik material tayyorlash rejalashtirilgan.

Dual ta’lim doirasida esa talabaning nazariy bilimini korxonadagi amaliyot bilan uyg‘unlashtirish ko‘zda tutilmoqda. Kelgusida 185 ming nafar, ya’ni 3–4-bosqich talabalarining kamida 80 foizini dual ta’limga qamrab olish maqsad qilingan.

Shuningdek, Xiva shahrida Lyaonin pedagogika universiteti filialini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu yerda xitoy tili, xalqaro biznes, turizm boshqaruvi va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlanadi. Ta’lim o‘zbek, xitoy va ingliz tillarida olib boriladi.

Davlatimiz rahbari ta’lim sifatini oshirish, dual ta’limni hududlardagi korxonalar ehtiyoji bilan bog‘lash va yangi filialda qabul jarayonlarini puxta tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 👍 15
  • ❤ 9
  • 👏 2
  • 🤔 1
More from @eduuz
  1. Sep 28, 2026#Olimlar_minbari #21.09–27.09.2026 “Korrupsiya – millat taraqqiyotiga yopishgan “kasallik”…
  2. Sep 28, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxma…
  3. Sep 28, 2026#xalqaro_hamkorlik #Yaponiya 🇺🇿🇯🇵 Yaponiyada tahsil: O‘zbekiston uchun yangi grant kel…
  4. Sep 28, 2026🇺🇿🇯🇵 Yaponiyada tahsil: O‘zbekiston uchun yangi grant kelishuvi imzolandi! Oliy ta’lim…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →