Ko‘p ish o‘rni yaratayotgan sanoat korxonalari uchun yangi rag‘batlantirish choralari belgilandi
Kamida 1 ming nafar ishchisi bo‘lgan korxonalarning xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirish hamda ish joyiga olib kelish va olib ketishdagi transport xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.
Bunday korxonalarda kamida besh yil ishlagan xodimlarga farzandlarining kontrakt to‘lovi qoplab beriladi.
Ish o‘rinlari soni 1 mingga yaqinlashayotgan korxonalar uchun ham alohida grantlar ajratiladi. Ayni yo‘nalishda Andijonning o‘ziga 20 million dollar beriladi.
Mutasaddilarga bir oyda ko‘p ish o‘rni yaratadigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #52149
5.56K

- ❤ 14
- 👍 3