TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 146K subscribers
Post #52143 9.39K
Andijonda 10 ming talaba ishtirokida muhandislik salohiyatini rivojlantirish vazifalari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Asakada avtomobilsozlik va mashinasozlik bo‘yicha shakllangan 30 yillik tajriba asosida o‘z texnologiyalarini yaratishga o‘tish vazifasi qo‘yildi.

Shu maqsadda “Asaka muhandislik vodiysi”ni tashkil etib, dasturiy mahsulotlar, elektronika, elektromexanika va muhandislik xizmatlari zanjirini yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

Viloyatda muhandislik, energetika, sanoat va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida 10 ming talaba tahsil olmoqda. Ularning g‘oyalarini tayyor mahsulotga aylantiradigan tadqiqot va ishlanmalar markazlarini rivojlantirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

To‘qimachilikda ham mavjud quvvatlardan yuqori samara bilan foydalanish imkoniyatlari bor. Yevropadan dizayner, konstruktor va brendlarni jalb qilib, qiymati yuqori mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tish orqali soha eksportini 1,5 milliard dollardan oshirish mumkinligi qayd etildi.

Endi viloyatda investitsiya natijadorligi har bir kvadrat metr maydonda yaratilgan qo‘shilgan qiymat bilan baholanishi belgilandi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 7
  • 👍 1
More from @eduuz
  1. Sep 24, 2026Ko‘p ish o‘rni yaratayotgan sanoat korxonalari uchun yangi rag‘batlantirish choralari belg…
  2. Sep 24, 2026“Besh yil oldin bunga ishonarmidingiz?“ — Prezident onaning farzandi oliygohga kirgani haq…
  3. Sep 24, 2026#KelajakTadbirkori_2026 #Toshkent Talabalar shaharchasidagi “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorla…
  4. Sep 24, 2026Andijonni Farg‘ona vodiysining muhandislik kadrlari markaziga aylantirish vazifasi qo‘yild…
  5. Sep 24, 2026#KelajakTadbirkori_2026 #Toshkent Toshkent shahrida “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, band…
  6. Sep 24, 2026🟩🟩🟩🟢🟢🟢🟢 📚 “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2026-yilgi 3-mavsumi g‘olib…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →