Toshkent shahrida “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda
Bugun, 24-sentyabr kuni Toshkent shahrida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbir Markaziy bank, Milliy bank, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Tadbirda “O‘zmilliybank” AJ huzuridagi “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Xoshimov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i Farhod Ahrorov so‘zga chiqib, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan muhim tashabbuslar haqida fikr bildirdilar.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/223789
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram









