TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 145K subscribers
Post #52156 8.35K
#KelajakTadbirkori_2026 #Toshkent #Yoshlar_kuni

“Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Yarmarka doirasida yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni mehnat bozoriga tayyorlash hamda zamonaviy kasbiy imkoniyatlar bilan tanishtirishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etildi.

Taniqli tadbirkorlar ishtirokidagi biznes-treningda yoshlarga biznes boshlash, imkoniyatlardan samarali foydalanish va muvaffaqiyatga erishish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Seminar-treningda esa talabalar ishga joylashgandan keyingi karyera rivoji, shaxsiy brending, soft skills hamda professional tarmoqlarga qo‘shilish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Bundan tashqari yoshlarlarning zamonaviy va istiqbolli loyihalari, ularni amalga oshirish imkoniyatlari Yoshlar startap g‘oyalari taqdimotida namoyish etildi.


Taqdimotlar yakunida “Kelajak tadbirkori — 2026” doirasida loyihalari ma’qullangan ishtirokchilarga vaucherlar tantanali ravishda topshirildi.

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 5
  • 😱 1
More from @eduuz
  1. Sep 25, 2026Samarqandda “Ta’limda shaxmat” xalqaro sammiti o‘tkazildi Samarqandda o‘tkazilayotgan 46-B…
  2. Sep 25, 2026ORZULARINGIZNI OSON TOPILADIGAN PULGA ALMASHTIRMANG! Kimdir shifokor bo‘lishni istaydi, ya…
  3. Sep 25, 2026Jizzaxda Xitoy tili va madaniyati markazi ochildi Jizzax davlat pedagogika universitetida…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →