Buxoro viloyatidagi korxonalarning 4 yillik dual ta’lim bakalavriati bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji 1 500 nafarni tashkil etmoqda. Bu esa talabalar uchun amaliy ta’lim va kelgusida bandlik imkoniyatlarini yanada kengaytirishga imkon bermoqda.
Dual ta’limni rivojlantirish va universitet–ishlab chiqarish hamkorligini kuchaytirish maqsadida rektor Sadoqat Siddiqovaning taklifiga binoan Germaniyaning Kassel universiteti professori Michael Albert Zöbisch universitetga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida rektor bilan uchrashuv o‘tkazilib, dual ta’limni rivojlantirish, Germaniya tajribasini joriy etish va ta’limni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Ayni paytda professor Michael Albert Zöbisch tomonidan bir hafta davomida universitet jamoasi va ishlab chiqarish korxonalari vakillari uchun dual ta’limni tashkil etish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. Mashg‘ulotlarda dual ta’limning samarali modellari, universitet–korxona hamkorligi, talabalarni ishlab chiqarish jarayoniga integratsiya qilish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha Germaniya tajribasi taqdim etilmoqda.
Batafsil...
👉На русском
👉In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram








