2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbek-Fransuz universitetining “Biznesni boshqarish” bakalavriat ta’lim dasturiga qabul davom etadi.
Ariza topshirish muddati — 5-oktabrgacha.
Abituriyentlar:
🔹 O‘rta ta’limni tamomlagan bo‘lishi;
🔹 Ingliz tili va matematika fanlaridan kirish imtihonlarini topshirishi;
🔹 Xorijiy til sertifikati talab etilmaydi, biroq mavjud sertifikat qo‘shimcha ustunlik beradi;
🔹 Fransuz tilini oldindan bilish talab etilmaydi;
🔹 Ta’lim jarayoni to‘liq ingliz tilida olib boriladi;
🔹 Fransuz tili fan sifatida o‘quv dasturi davomida o‘qitiladi.
Ta’lim shakli: kunduzgi
Davomiyligi: 4 yil
Kontrakt: 36 mln so‘m.
📌 Muhim: 2026/2027-o‘quv yilida mazkur dasturga qabul qilingan barcha talabalar uchun 30 foizlik chegirma taqdim etiladi.
🌍 Talabalar uchun Fransiyadagi hamkor oliy ta’lim muassasalarida semester davomida tahsil olish va almashinuv dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlari ham mavjud.
💼 Bitiruvchilar xalqaro tashkilotlar, Fransiyaning O‘zbekistondagi kompaniyalari hamda iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat yuritishi mumkin.
🎓 Bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasi davlat namunasidagi diplom beriladi.
🔗 Batafsil ma’lumot:
ufuuz.uz/qabul-2026/bakalavriat
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
