2026-yil 17–24-sentabr kunlari Toshkent shahrida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorligida Osiyo va Tinch okeani mintaqasida genderga yo‘naltirilgan byudjetlashtirishni rivojlantirishga qaratilgan RETA 10587 mintaqaviy texnik yordam loyihasi doirasida tanishuv missiyasi o‘tkazilmoqda.
Missiya doirasida:
🔹 GYB sohasidagi islohotlarni amalga oshirish va ularning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar belgilanmoqda;
🔹 amaldagi davlat dasturlari va tashabbuslari, shuningdek, xalqaro taraqqiyot hamkorlarining loyihalari bilan o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash masalalari muhokama qilinmoqda;
🔹 ustuvor tadbirlar, kutilayotgan natijalar, institutsional mas’uliyat, amalga oshirish muddatlari va mexanizmlarini qamrab olgan amaliy ish rejasi ishlab chiqilmoqda;
🔹 OTBning texnik yordami, davlat tashkilotlari va taraqqiyot hamkorlari o‘rtasida samarali muvofiqlashtirish mexanizmlarini belgilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi — O‘zbekistonda genderga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish (GYB) va davlat moliyasini boshqarish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash hamda texnik yordam ko‘lamini kelishib olishdan iborat.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/223156
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram


