Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumanidan o‘tuvchi anhor hududida chiqindilar to‘planib qolgani tasvirlangan murojaat tarqaldi.
Mazkur murojaat Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Yashnobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib, belgilangan tartibda joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan holat yuzasidan Kanallar boshqarmasining tuman bo‘limi tomonidan tegishli choralar ko‘rilib, kanal o‘zani va uning atrofida to‘planib qolgan chiqindilar to‘liq olib chiqib ketildi hamda hudud sanitariya talablariga muvofiq holatga keltirildi.
___
🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook
Post #36663
170



