RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod tumanida, “Apex Mirabad Square” qurilish ishlari olib borilayotgan hududda yirik daraxtlar kesilayotgani haqida murojaat tarqaldi.
Mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i dendrologi tomonidan 2026-yil 27-iyul kuni taqdim etilgan xulosaga ko‘ra, hududda mavjud jami 12 tup daraxtning biologik o‘sishdan to‘xtaganligi aniqlangan. Mutaxassis xulosasida mazkur daraxtlarning tabiiy omillar va zararkunandalar ta’sirida kasallangan, zararlangan hamda quriganligi, shuningdek, ularning inson hayoti va sog‘lig‘i, yuridik hamda jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligi qayd etilgan.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasiga asosan, mazkur daraxtlarni sanitariya maqsadida tag qismidan kesish tavsiya etilgan.
___
🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook
Post #36652
199




