TGViewer
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi @ecogovuz · 11.8K subscribers
Post #49756 4.57K
Bugun kechqurun atmosferada inversiya hodisasi kuzatilishi mumkin

Bugun, 22-sentabr soat 21:00 dan 23-sentabr tongi soat 4:00gacha yer yuzasidagi havo sovib, yuqoriroq qatlamdagi havo iliqroq qolishi natijasida harorat inversiyasi shakllanishi kutilmoqda.

Meteorologik prognozga ko‘ra, shamol tezligi Toshkent shahrida ayrim soatlarda 0,5–1 m/s gacha pasayadi, havoning vertikal aralashuvi esa sekinlashadi.

Yog‘ingarchilik kutilmayotgani sababli havodagi zarrachalarning uzoqroq muddat havoda qolib ketish ehtimolligi mavjud. Bu omillar PM2.5 va PM10 zarrachalarining yerga yaqin qatlamda to‘planishiga qulay sharoit yaratadi.

Prognozlar poytaxtning aksariyat hududlarida sutkaning 22:00 va 1:00 oralig'ida havo sifati AQI standartiga ko'ra "sezgir guruhlar uchun nosog‘lom" darajagacha yomonlashishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Ertalab yer yuzasi isib, inversiya zaiflashishi va vertikal aralashuv kuchayishi bilan havo sifati asta-sekin yaxshilanishi kutilmoqda. Shu sababli kechki vaqtlarda ochiq havoda uzoq vaqt bo‘lmaslik tavsiya qilinadi.

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
  • 👍 8
  • ❤ 6
  • 😱 6
  • 🔥 4
More from @ecogovuz
  1. Sep 24, 2026🔹Ertaga respublikada navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi Mazkur tashabbus…
  2. Sep 24, 2026E’LON! 2026-yil 24-sentabr soat 18:00 dan boshlab davlat ekologik ekspertizasi xulosasini…
  3. Sep 24, 2026Samarqandda fuqarolar murojaatini o‘rganishga to‘sqinlik qilinmoqda Joriy yilning avgust o…
  4. Sep 24, 2026Toshkent va Surxondaryoda ichimlik idishlarini qayta ishlash uchun yig‘uvchi fandomatlar i…
  5. Sep 24, 2026🇺🇳Saida Mirziyoyeva BMTda Orol fojiasi va ekologik yechimlar haqida gapirdi O‘zbekiston…
  6. Sep 23, 2026🌱Andijonda ko‘chat yetishtirishning zamonaviy intensiv usuli qo‘llanilmoqda Davlatimiz ra…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →