TGViewer
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi @ecogovuz · 11.8K subscribers
Post #49779 2.97K
E’LON!

2026-yil 24-sentabr soat 18:00 dan boshlab davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun arizalar faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali qabul qilinadi.

Ma'lumot uchun, 2026-yil 11-maydagi 234-sonli Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali qabul qilish va xulosalarni elektron shaklda berish tartibi belgilangan.

Mazkur tartibni joriy etish bo‘yicha zarur texnik ishlar amalga oshirildi. YIDXPda test rejimida arizalarni qabul qilish va ular bo‘yicha xulosalarni elektron shaklda berish sinovdan o‘tkazildi. Sinov jarayonlari muvaffaqiyatli yakunlangani munosabati bilan davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun arizalar faqat my.gov.uz orqali qabul qilinadi.

Shu sanadan boshlab eco-service.uz sayti orqali arizalarni qabul qilish to‘xtatiladi.

Arizalarni belgilangan tartibda my.gov.uz portali orqali yuborishingizni so‘raymiz.

ОБЪЯВЛЕНИЕ!

С 18:00 24 сентября 2026 года заявления на получение заключения государственной экологической экспертизы принимаются исключительно через Единый портал интерактивных государственных услуг — my.gov.uz.

Для справки: в соответствии с постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан № 234 от 11 мая 2026 года установлен порядок приёма заявлений через Единый портал интерактивных государственных услуг (ЕПИГУ) и выдачи заключений в электронной форме.

В целях внедрения данного порядка были проведены необходимые технические работы. На ЕПИГУ в тестовом режиме были апробированы приём заявлений и выдача заключений по ним в электронной форме. В связи с успешным завершением тестирования заявления на получение заключения государственной экологической экспертизы принимаются исключительно через my.gov.uz

С указанной даты приём заявлений через сайт eco-service.uz прекращается.

Просим направлять заявления в установленном порядке через портал my.gov.uz.

📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
  • ❤ 4
  • 👍 1
More from @ecogovuz
  1. Sep 26, 2026🌳“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda yangi tizimga o‘tiladi Endilikda…
  2. Sep 25, 2026O‘zbekiston va Xitoy gidrometeorologiya hamda erta ogohlantirish sohasida hamkorlikni rivo…
  3. Sep 25, 2026#avtomobilsiz_kun 🟢O‘zingizdan "yashil" iz qoldiring! Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milli…
  4. Sep 24, 2026🔹Ertaga respublikada navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi Mazkur tashabbus…
  5. Sep 24, 2026Samarqandda fuqarolar murojaatini o‘rganishga to‘sqinlik qilinmoqda Joriy yilning avgust o…
  6. Sep 24, 2026Toshkent va Surxondaryoda ichimlik idishlarini qayta ishlash uchun yig‘uvchi fandomatlar i…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →