Denov tumanida o‘quvchi qizlar ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildiDenov tumanidagi 79-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Qizlar kelajagi — jamiyat kelajagi” mavzusida 9–11-sinf o‘quvchi qizlari ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Denov tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Ozoda Karimova, DXX xodimi Yulduz Boboyeva, mahalla xotin-qizlar faollari, maktab ma’muriyati hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida o‘quvchi qizlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini mustahkamlash, huquqiy savodxonligini oshirish, erta nikohning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda internet tarmog‘idagi turli tahdid va salbiy ta’sirlardan himoyalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga rioya etish, qizlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va jamiyatda munosib o‘rin topishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish muhimligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida o‘quvchi qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda maktab, mahalla va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati
✅ gov.uz/denov
🕊
Telegram📱
Instagram📱
Facebook📺
YouTube