TGViewer
Bek Olimjon Bek Olimjon @drbekolimjon · 29K subscribers
Post #1136 21.1K
Oxirgi postni kinoya sifatida yozgan edim kecha.

Yuzlab odamlar uni kinoya ekanligini aslo tushunishmadi.

Izohlarda 10 daqiqa ichida 200 dan ortiq odamlar qopqonga tushganini bildirib yozishdi.

Men havotir olganimdan izohlarni yopib, ularni o'chirib tashladim keyin.

Havotirim, yana bir "aqlli" meni nomimdan chiqib kurs sotib yurmasin ularga deb.

O'chirib tashlaganimdan keyin menga shaxsiyga ham yozishdi: "Aka, kech qoldim, o'zizga "kinoya" deb izoh qoldirib yozyapman" deb 🤦🏻‍♂️

*****

Meni bir narsa o'ylantirdi.

Nahotki shu darajada sodda bo'lsak?!

Bu o'zimizni qopqonga topshirish bilan bir xilku.

Yana aldoqchilar ko'payib ketgan deb boshqalardan o'pkalaymiz.

Aldanamiz, chunki aldanishni o'zimiz xohlaymiz.

*****

Paradoks shuki,

Bir boy odam sizga boy bo'lish bo'yicha kurs sotyapti.

Agar boy bo'lishni yaxshi bilganida sizga boy bo'lish bo'yicha kurs sotmagan bo'lar edi.

*****

Bek Olimjon
17.09.26
Norvegiya
More from @drbekolimjon
  1. Sep 24, 2026Hozir ertamanda nonushtadan oldin yozgan insho mohiyati. Biror kun 4-5 varaqli to'liqroq v…
  2. Sep 23, 2026* * * men katta foyda olgan tweetlardan biri. tez-tez qaytib turaman. ba'zan 40 dona so'z…
  3. Sep 22, 2026Men triatlon bo’yicha dunyodagi top murabbiylardan biri bilan ishlayotganimga 1 yil bo’ldi…
  4. Sep 21, 2026Mendan tibbiyot talabalari ko'p maslahat so'rashadi. Qanday soha tanlay? Shogird tushaymi?…
  5. Sep 20, 2026bir eshikni qoqishdan to'xtamasa, u qachondir baribir ochiladi, avval, nega u eshikdan kir…
  6. Sep 19, 2026yosh bola edim eski kvartirada yashar edik dadam devor to’la kitoblarni ko’rsatib: «shular…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →