O'tgan kuni suzishdan qaytayotib qizim bilan telefon tutish haqida gaplashdik.
Ikkimizni fikrimiz bir joydan chiqqandek bo'ldi.
"Telefon tutishni kamida 16 yoshgacha surib turamiz" deb kelishdik.
Suhbat negizida "telefon nega kerak?" degan savolga javob berishga harakat qildik.
Biz topgan sabablar:
- ota-ona bilan aloqada bo'lib turish uchun
- do'stlar bilan aloqada bo'lib turish uchun
- Uzbdagilar bilan aloqada bo'lish uchun
- internet ishlatish uchun
- to'lovlar uchun
- transport vaqtlarini bilish uchun
Keyin har biriga qanchalik ehtiyojimiz borligini ko'rib chiqdik.
- qizim uyda, home schoolingda, telefon orqali aloqaga ehtiyoj yo'q
- do'stlari bilan ham telefonda aloqada bo'lishga ehtiyoj yo'q. Mahallada o'ynashadi. Uzoqdagi do'sti bilan 1-2 oyda bir ko'rishadi.
- Uzbdagilar bilan bizning telefonimiz orqali gaplashadi agar xohlasa
- hozircha mobil to'lov va transportga ehtiyoj yo'q
- internet uchun esa kompyuteri bor.
Keyin bolalarga ijtimoiy tarmoqlar zarari haqida gaplashdik.
Eng zararli qismi, agar hozir ijtimoiy tarmoq ishlatsa, mazza qilib kitob o'qiy olmasligini gaplashdik.
Xulosa shu bo'ldiki, agar qachondir aloqa qilishga ehtiyoj sezilsa ham internetsiz telefon olishimiz mumkin ekan.
Bilmadim bu qancha davom etadi...
Bek Olimjon
14.09.26
Norvegiya
Post #1132
19.7K