TGViewer
Bek Olimjon Bek Olimjon @drbekolimjon · 29K subscribers
Post #1130 25.3K
"Bolalik travmalari" degan mavzu juda keng tarqalgandek.

Hayotdagi muammolar barchasi "bolalik travmalari" bilan bog'liq emas, azizlar.

Muammolarimizga bolalik travmalari sabab degan xulosa, bugun o'z hayotimiz uchun mas'uliyatdan qochishdek.

O'tmish o'tdi-ketdi, taqdir ekan.
O'tmishni tahlil uchun bir chimdim bilim sifatida olinadi, dastlab tafakkur, keyin xulosa qilinadi, keyin esa shukur. Bo'ldi, undan keyin oldinga qarab yuriladi.

O'tmish bilan bog'liq "travma xotiralari" og'ushida o'ylanib, qandaydir bog'liqliklarni o'ylab topib, uzoq vaqt sarflab yurish aslo yechim emas.


Inson o'zini surunkali baxtsiz his qilishni to'xtatish eng yaxshi usuli uchun quyidagilarni anglashi muhim:

1. "men" ustida ko'p o'ylanish depressiya garovi. Nobody cares!

2. bugun hal eta oladigan eng kichik muammoim nima? (misol stol ustini yig'ishtirish) Shuni qilish kerak.

3. boshqalarga qanday yordam bera olaman? (juda kichik bo'lsa ham) Shuni qilish kerak.


Inson o'zini kerakli deb his qilsa, depressiya yo'qoladi.

Kap-katta odam o'z hayoti uchun o'zi mas'ul.


Bek Olimjon
12.09.26
Norvegiya
More from @drbekolimjon
  1. Sep 24, 2026Hozir ertamanda nonushtadan oldin yozgan insho mohiyati. Biror kun 4-5 varaqli to'liqroq v…
  2. Sep 23, 2026* * * men katta foyda olgan tweetlardan biri. tez-tez qaytib turaman. ba'zan 40 dona so'z…
  3. Sep 22, 2026Men triatlon bo’yicha dunyodagi top murabbiylardan biri bilan ishlayotganimga 1 yil bo’ldi…
  4. Sep 21, 2026Mendan tibbiyot talabalari ko'p maslahat so'rashadi. Qanday soha tanlay? Shogird tushaymi?…
  5. Sep 20, 2026bir eshikni qoqishdan to'xtamasa, u qachondir baribir ochiladi, avval, nega u eshikdan kir…
  6. Sep 19, 2026yosh bola edim eski kvartirada yashar edik dadam devor to’la kitoblarni ko’rsatib: «shular…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →