TGViewer
Bek Olimjon Bek Olimjon @drbekolimjon · 28.9K subscribers
Post #1127 29.1K
Kecha menga ayolim sms yozdi.

Qizingiz (9 yosh) quloqchin xohlayapti, nima deysiz deb.

Mendagi reaksiya chuqur o'ylamagan holda yo'q deyish bo'ldi.

Keyin o'zim o'ylab qoldim.

Nega yo'q dedim? Sababi nima edi buni? kabi savollarni o'zimga berdim.

Bir kun o'ylab yurgandan keyin va bir oz izlanish qilganimdan keyin xulosam to'g'ri ekanligiga yana ishonchim ortdi.

Nega bolalar quloqchin taqishi yaxshi emas?

- bola eshitish qobiliyati yuqori bo'ladi, kattalarga nisbatan balandroq eshitadi. Bu eshitish a'zosi zararlanishiga olib kelishi mumkin. Bu ehtimolligi kam muammo.

- uzoq taqiladigan bo'lsa quloq kanalidagi tabiiy havo aylanishiga ta'sir qiladi va suv/sariq to'planish ehtimoli ortadi. Bu esa infeksiyaga riskini oshiradi.

- diqqatni jamlashga qiynalishi mumkin. Tashqaridagi shovqinni bloklashga o'rganib qolsa, shovqinli joylarda diqqatni jamlay olmaydi. Diqqatni jamlay olish ko'nikmasi eng muhim ko'nikmalardan biri.

- ijtimoiylashuv muammosi. Oiladagi munosabatlarga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Muloqotdan cheklangani uchun kundalik ijtimoiy ko'nikmalar rivojlanishiga xalaqit beradi. Misol uchun ota-ona gapirgandagi ohang tusidagi nyuanslarni ilg'amaydi.

- quloqchin taqqan bola "meni bezovta qilmang" degan signal beradi tashqariga. Bu esa aloqalarga salbiy ta'sir qiladi. O'zi shundoq ham bolalarimiz bilan kam vaqt sarflaymiz.

- ko'p bolalarda, ayniqsa kitob o'qishni sevadigan bolalarda, shovqinni yoqtirmaslik holati tabiiy bo'ladi. Bundaylar quloqchin bilan shovqindan qutulish vositasi deb foydalanadi. Bu muammoni vaqtinchalikka yechishi mumkin, ammo uzoq muddatda tashqi stresdan o'zini olib qochadigan xarakter shakllantiradi. Hayot esa streslarni yengishdan iborat. Bu ham muhim ko'nikma.

Shunday ekan, 9 yoshli bolaga quloqchin kerak emas degan xulosaga keldik.

Bu xulosani, mana shu post mohiyatini qizimga tushuntiriladi.

********
Menimcha bu fikrlarim bola katta bo'lgunicha ham kerak emas degan holda saqlanib qolsa kerak.

Katta bo'lganidan keyin o'zi biladi nima qilishni.

Bek Olimjon
10.09.26
Norvegiya
More from @drbekolimjon
  1. Sep 22, 2026Men triatlon bo’yicha dunyodagi top murabbiylardan biri bilan ishlayotganimga 1 yil bo’ldi…
  2. Sep 21, 2026Mendan tibbiyot talabalari ko'p maslahat so'rashadi. Qanday soha tanlay? Shogird tushaymi?…
  3. Sep 20, 2026bir eshikni qoqishdan to'xtamasa, u qachondir baribir ochiladi, avval, nega u eshikdan kir…
  4. Sep 19, 2026yosh bola edim eski kvartirada yashar edik dadam devor to’la kitoblarni ko’rsatib: «shular…
  5. Sep 18, 2026Ba'zan meni juda ham optimist odamsiz deyishadi. Qanday qilib optimist bo'lmaslik mumkin a…
  6. Sep 18, 2026bizga yoqmagan xabarga jahl qilamiz. atrofimizdagilar bizni yaxshi ko'rishadi. ular bizni…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →