Biror bir mavzuni mohiyatini tushunishga harakat qilish bizni hozirgi zamondagi shovqindan qutqaradi.
Mohiyatni anglashga harakat qilish mavzularni chertib-chertib tanlab olishga undaydi.
Sababi biror mavzu mohiyatini anglash bir jarayon bo'lib u aqliy mehnat, tahlil va vaqt talab etadi.
Misol uchun, o'tgan kuni PISA natijalari e'lon qilindi.
Yangiliklarga ko'ra ko'p davlatlarda PISA ko'rsatkichlari pasayib borayotgani aytilmoqda.
Bu mavzu borasida bizdagi tanlov turlari
Tanlov 1: "Ha, shunday ekan, aybdor telefon yoki maktab" degan yangiliklardagi xulosa bilan davom etish
Tanlov 2: "PISA o'zi nima? Nimani o'lchaydi u? Qanday ishlaydi? Pasayib borishiga nima sabab bo'lishi mumkin? Balki u hozirgi zamon uchun eng ma'qul sinov emasdir? va hok..." savollar bilan yondashish. Izlanish talab etadi bu.
Bu yondashuv, shovqin va past signalli ma'lumotlardan voz kechishimizga sabab bo'ladi.
Bizga rostdan qiziq bo'lgan, eng muhimi biz ta'sir o'tkaza oladigan mavzularni tanlaydigan bo'lamiz. (signal vs noise)
Shunda o'zimiz uchun ham, atrofdagilar uchun qiymat yarata olishda ilgari yura olamiz.
Bek Olimjon
09.09.26
Norvegiya
Post #1126
22.2K