Mandan ko`p so`rashadi. Farzandim AT ni o`rganmoqchi. Programmist bo`lmoqchi. Nima maslahat berasiz deb.
Agar farzandingiz programmist bo`lishni xohlasa, ertaga yangi g`oyalar ustida ishlashini xohlasangiz unda unga ertak kitob o`qiting (#1).
Qizziq-a? Nega aynan ertak kitob. Bizda buni nomini ertak kitob deyishadi. Boshqa davlatlarda fantastika asarlari deyishadi. Bolangizga hozir hayotda yo`q narsalarni tasavvur qilishiga imkon bering. Ertak o`qisin, fantastika o`qisin. Bekorga bollar Harry Potter ni o`qigani yo`q. Mayli ko`p joyini yaxshi tushunmagan bo`lsin. Lekin unda fikrlash paydo bo`ladi, masalaga turli tomondan yondashish rivojlanadi.
#2 maslahat esa, ko`proq mantiqiy savollarni yechishga harakat qilsin.
Qancha ko`p mantiqiy savol yecha olsa, shuncha ko`p IQ darajasi ortib boradi. Mantiqiy fikrlash tajribasi oshadi. Siz 20 yashar odamga 1,000 ta mantiqiy savol va yechimlari kitobini bersangiz ham u bularni o`rgana olmaydi. Lekin yoshligidan haftasiga 1-2 ta masala yechishdan boshlasa, 20 ga yetganida 5,000 talik tajribaga ega bo`ladi. Shu sababli ko`p mantiqiy savollarni yechishga bering.
#3 Programmistga matematika nima uchun kerak? Ertaga bari-bir hamma narsani kompyuter hisoblab beradi-ku! - deb juda ko`p aytishadi.
Matematika esa, farzandingizni aniqlikka o`rgatadi. Miyyasi sodda xatolarni tez topishga o`rganadi. E`tiborni oshiradi. Bitta yechimga 4-5 xil usulda yetib borishni o`rganadi. Siz bilmagan usulda masalani yechdimi, urishmang, aksincha, farzandingizdan o`rganishni o`rganing. Siz kuchli matematik bo`lsangiz ham farzandingiz sizdan o`tib ketganini sezmay qolasiz.
Davomi bor…
https://t.me/DrAlgorithm/277