Bu hafta yangiliklar ko‘p bo‘ldi. Bitta kunga ham internet to‘xtadi ham yangi Sun’iy Intellekt (SI) taqdim etildi.
Claudeflare’ga chiqqan muammo juda ko‘p saytlarni ishdan chiqardi. Hatto ChatGPT ham ishlamadi. Odamlar ishsiz qoldi :)
Google DeepMind o‘zining ajoyib yurishini qildi. U yangi ishlab chiqqan Gemini 3 SIini taqdim etdi.
⭐️ Gemini 3
Solishtirish va avvaldan tayyorlangan testlardan ko‘ra, dasturchilar uchun ancha aqlli ishlashni boshladi. Ba’zilarini sanab o‘tmoqchiman
Mantiqiy fikrlash
Bilamizki SI juda ko‘p mantiqiy xulosalarga kelganida xato qiladi. Xuddi she’r yodlab olgan yosh bolaga o‘xshaydi. She’r nima haqida ekan desa biladi. Endi har bir qatorini tushuntir desa... miyasi tutilib qoladi.
Gemini 3 da shuni to‘g‘rilashibdi. Mantiqiy fikrlashini ancha oldinga chiqarishibdi.
Multimodallik
Endilikda u matn, tasvir va videoni bir vaqtda tahlil qila oladigan bo‘libdi. Bu ketishda Sezardek ham shaxmat o‘ynab, ham siz bilan suhbatlashib, ham choy icha oladigan bo‘ladi.
Manga yoqqan tomoni, bir-biridan mustaqil rivojlanayotgan SIlarni bir biri bilan ishlay olishi bo‘ldi. Bu nafaqat natijalarni sifatliroq berishga xizmat qiladi, balki sifatsiz ma’lumotlar ko‘payib ketayotganini ham oldini olsa kerak.
Dasturchi
Endi siz g‘oyalaringizni u bilan muhokama qilsangiz bo‘ladi va u sizga arxitektura tuzib beradi. Kod yozadi, testlab beradi. To‘liq dasturni ishlab chiqishda bosqichma bosqich bajara olasiz.
"Dynamic View" va "Visual Layout" imkoniyatlari esa, kod bilan ishlashingiz va natijani ko‘rishingiz uchun qo‘shimcha qulaylik beradi.
Vayb-koderlar uchun bayram!!
API yangilandi
Gemini’ni API orqali ishlatganlar uchun
thinking_level va media_resolution parametrlari qo‘shildi. Endi siz mantiqiy fikrlar bilan ishlatishingizda thinking_level yordamida qanchalik chuqur masalaga yondashish kerak ekanini ayta olasiz. media_resolution esa rasm va video kabi ma’lumotlarning sifatini boshqarishga yordam beradi.Xulosa qilsam
- Kundalik ishlaringizda SI (AI) dan foydalaning
- Dastur yozishda SIsiz ishlamang.
- Yangiliklardan doim xabardor bo‘lish uchun bu kabi postlarni kanallarda kuzatib boring.
- O‘zingizdan oyiga $15-$20 ayamang, u sizda x10 marta ko‘proq foyda olib keladi.
Vayb-koderlar esa o‘zligi bilib-bilib ishlashmoqda...
📚 Qo‘llanma
P.S. Gemini 3 hozirda Google AI studio‘da chiqdi. Ammo men JetBrains ishlatganimda AI Pro'ning ichida Gemini 3 ni qo‘shishganini ko‘rdim. Ancha qulay.
20.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm

