TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #797 4.95K
Yetim Dasturchining xatini (post) o‘qib qoldim. 1 kursda o‘qigan fanlarimizdan biri esimga tushib ketdi.

Darslarning birida Mnemokod bilan tanishgan edik. Doskada faqat 1 va 0 lardan iborat qatorlar yozilgan edi. Masalan:

111 10110
101 01001
100 10011


kabi.

Avvaliga buni tushunish qiyin. Keyin sizda dasturlashning keng imkoniyatlari ochila boshlaydi.

Biz biladigan o‘zgaruvchi, buyruqlar va stek o‘zaro o‘rnini almashtira oladi. Dastur o‘zini o‘zi qayta yoza oladi. Dastur faqat tepadan pastga ketma-ket emas, xohlagan vaqt o‘zi yangi kod yozib, uni bajara oladi.

Buni bilgan odam virus qanday yozilishi, uni antivirusdan qanday yashirish mumkin ekani haqida tez tushunib oladi. Ammo bugungi mavzu u haqida emas.

Biznes tomondan qaraganda hamma ham quyi dasturlash tilini bilishi shart emas. Agar bilsa u xodim qimmatga tushadi. Arzon va faqat andoza (template)larda ishlay oladigan dasturchilar ham kerak. Ko‘p kerak, o‘rtacha 70%-80% ishni ular bilan qilinadi. Sunʼiy intellekt (SI) aynan ularning o‘rnini egallamoqda.

Yaxshi dasturchi oyiga $3,000 ga ishlaydi. Lekin website yasab sotadigan korxona uchun 10 ta shunday dasturchi olish qimmat. Undan ko‘ra 2 ta $3,000 lik olib, qolganiga $500 lik 20ta andozada ishlaydigan olsan yetarli. Oyiga 5ta emas, 20ta website yasay olaman. (Hisob kitobni o‘zingiz qilib olarsiz, qaysi biri ko‘proq foyda keltirishini.)

Demak, sizning oldingizda 3 ta yo‘l bor.

1. Quyi dasturlashni qachondir o‘rganish va Arxitektor bo‘lish.

2. Andozalar asosida tez ishlashni o‘rganib, kelajakda Ish boshqaruvchi (manager) bo‘lishga harakat qilish.

3. Bitta texnologiyani zo‘r o‘rganib, Dars berishga o‘tib ketish.

Har 3 ta yo‘l ham yaxshi. Har biriga intilishning o‘ziga xos yo‘li bor. Sizga yoqadigan kasb tanlang va doim o‘sadigan yo‘lda yuring. Bu sizga kasbingizdan zerikish, katta bo‘lganda yoshlardan qo‘rqish, yo‘nalishini yo‘qotishni oldini oladi.

Postdan maqsad. Oldingizga doim maqsad qo‘yib yashang. Rejalashtiring, tugash vaqt (deadline) belgilang va olg‘a bosing.


P.S. Mnemokod haqida alohida yozib o‘taman.

06.01.2025 London
@DrAlgorithm
  • 🔥 50
  • 👍 25
  • 💯 3
  • ❤ 2
  • ⚡ 1
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →