TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #784 3K

Forwarded from IT Education Association

Sirdaryolik Informatika o'qituvchisi Dasturchilar festivaliga 60 nafar o'quvchisi bilan keldi

"Bir nafar o'quvchimning bo'lsa ham hayotda o'zining yo'lini to'g'ri topishiga hissam qo'shilsa bejiz yashamagan bo'laman"

— Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi maktabning Informatika fani o'qituvchisi Dilmurod Yo'ldoshev.

Avval xabar berganimizdek, Toshkentda dasturchilar, texnologiya ishqibozlari va sanoat ekspertlarini birlashtirgan GDG DevFest dasturchilar festivali bo’lib o’tdi.

Ushbu festivalga AyTi sohasida faoliyat yuritayotgan 3 mingdan ortiq yoshlar tashrif buyurdi.

Tashrif buyurganlar orasida maktab o'quvchilarini ko'rib, ularning ustozlarini suhbatga tortdik.

Ma'lum bo'lishicha oquvchilar Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi maktabning 6-dan 10-sinfgacha bo'lgan AyTi sohasiga qiziqishi bo'lgan o'quvchilari ekan.

Maktabning Informatika fani o'qituvchisi Dilmurod Yo'ldoshev maktabdagi boshqa tashabbuskor ustozlari bilan 60 nafar o'quvchini ota-onalarining ruxsati bilan ushbu tadbirga olib kelishgan.

"Bugungi yoshlar festivalida ishtirok etayotgan spikerlarni ko'rib, o'quvchilarim unda qatnashib, o'zlari uchun hayotda motivaciya olishlari kerak deb hisobladim. Bir nafar o'quvchimning bo'lsa ham hayotda o'z yo'lini topishiga hissam qo'shilsa o'zimni bejiz yashamayotganimni his qilaman. Tashabbusimni qo'llab-quvvatlagan hamkasblarimga rahmat",

– deydi Dilmurod Yo'ldoshev.

Fursatdan foydalanib o'quvchilarining qiziqishlari va taqdiriga befarq bo'lmagan Dilmurod Yo'ldoshev singari fidoyi ustozlarimizga minnatdorlik bildiramiz!
  • 👍 34
  • ❤‍🔥 9
  • 👌 3
  • ⚡ 2
  • ❤ 1
  • 🔥 1
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →