TGViewer
IT Education Association IT Education Association @iteducationassociation · 1.23K subscribers
Post #430 1.03K
"Bir paytlar opamning jahlini chiqarib uning kompyuteridan foydalanardim..."

Bugun Google kompaniyasida Software Engineer lavozimida faoliyat yuritayotgan o'zbekistonlik Vohid Karimov Markaziy Osiyoning eng yirik dasturchilar festivali GDG DevFest'da minglab yoshlarga o'zining bugungi darajaga yetib kelish yo'li haqida hayotidagi qiziqarli voqealarni eslab, so'zlab berdi.

Avval xabar berganimizdek, Toshkentda dasturchilar, texnologiya ishqibozlari va sanoat ekspertlarini birlashtirgan GDG DevFest dasturchilar festivali bo’lib o’tdi.

Festival yoshlarini qutlash uchun Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda AQShning O‘zbekistondagi Elchisi Jonatan Henik tashrif buyurdi.

Vohid Karimov singari 30 dan ortiq spikerlarni qamrab olgan mazkur festival dasturchilar uchun xalqaro darajada bilim almashish va professional aloqalar o'rnatish imkonini yaratdi.

Kun davomida tadbirga tashrif buyurgan yoshlar bugun dunyoning nufuzli Google kompaniyasida faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimizning tajribalari bilan tanishish mahalliy va xorijlik mutaxassislar bilan axborot texnologiyalari sohasidagi so‘nggi tendensiyalarni muhokama qilish imkoniga ega bo'ldilar.

Bu yilgi konferensiya texnologiyaning eng muhim yo'nalishlaridan biriga – Sun'iy Intellekt va Machine Learning'ga e'tibor qaratdi.

Online tarzda efirga uzatilgan mazkur festivalni quyidagi havolada tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/JuRPrd8daiI
  • 🔥 5
  • 👍 4
  • 🤩 1
More from @iteducationassociation
  1. Sep 12, 2026👩‍💻 Empowering Girls for a Safer Digital Future Today, 12 September, an important conver…
  2. Sep 11, 2026👩‍💻 Meet the Experts at “Capacity Building in AI Literacy and Cybersecurity for Girls”!…
  3. Sep 8, 2026How prepared are young women to navigate the opportunities of artificial intelligence and…
  4. Sep 8, 2026Yosh ayollar sunʼiy intellekt, raqamli muhitning imkoniyatlari va mavjud xatarlaridan himo…
  5. Sep 5, 2026👨‍💻 ICTWeek 2026: Dunyo АT hamjamiyati O‘zbekistonda jamlanadi O‘zbekistonda axborot-kom…
  6. Sep 1, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →