“Capacity Building in AI Literacy and Cybersecurity for Girls” loyihasi doirasida, UNOPS, IT Ta’lim Uyushmasi va Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida hamda Yevropa Ittifoqining Global Gateway tashabbusi orqali moliyalashtiriladigan, xotin - qizlar o‘rtasida sunʼiy intellekt savodxonligi, kiberxavfsizlik va raqamli xavfsizlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tadi.
Yo'nalishlari:
👉 Sun’iy intellektdan xavfsiz, axloqiy va mas’uliyatli foydalanish
👉 Raqamli va Kiberxavfsizlik
👉 Ma’lumotlar savodxonligi va dezinformatsiyani aniqlash
👉 Ijtimoiy manfaatlar va fuqarolik faolligi uchun sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish
👉 Raqamli chidamlilik va texnologiyalardan mas’uliyatli foydalanish
👉 Ayollarning texnologiya va raqamli sohalardagi ta’lim hamda karyera imkoniyatlari
🔍Dastur doirasida interaktiv sessiyalar, amaliy mashg‘ulotlar va ekspertlar ishtirokidagi muhokamalar tashkil etilib, ishtirokchilarga zamonaviy raqamli muhitda samarali faoliyat yuritish uchun zarur bilim va amaliy ko‘nikmalar beriladi.
👩💻Sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, texnologiyalar va raqamli transformatsiyaga qiziqadigan barcha qizlar va yosh ayollarni tadbirda ishtirok etishga taklif qilamiz!
📅 2026-yil 12-sentabr
⏰ 09:00
📍Toshkent shahridagi Inha universiteti
🔗 Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting
