TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #753 2.02K

Forwarded from Farkhod - AI PM

Kredit tarixiga taqiq qo'yamiz

O‘zingizni va oila a’zolaringizni noquniy kredit olishdan saqlash uchun, kredit tarixiga cheklov qo‘yishni tavsiya qilaman. 

KATM degan markaz bor. Unda barcha fuqarolarning kredit tarixi saqlanadi. Qaysidir inson kredit olmoqchi bo‘lsa, bank oldin fuqaroni KATM bazasidan tekshiradi, keyin kreditga rozilik beradi.

KATMni 'Freeze' degan xizmati bor. U kredit tarixini tekshirishga taqiq qo‘yish imkonini beradi.
Kredit beruvchi tashkilotlar, kredit tarixini ko‘rmasdan, kredit bermaydi.

Yoshi katta, pensiya yoshidagi odamlarni nomida moshenniklar kredit olmoqda. Yaqinda, tanishimni oyisini nomiga, moshenniklar $8000 kredit olibdi.

Taqiq qo‘yish bo‘yicha qo‘llanma:

1️⃣ https://portal.infokredit.uz/login bu yerga kiramiz va jismoniy shaxsni tanlaymiz;

2️⃣ My Gov orqali KATM shaxsiy kabinetga kiramiz va
Yuqorida ‘Freeze xizmati’ bo'limini tanlaymiz https://portal.infokredit.uz/freeze ;

3️⃣ ’Freeze xizmati’ sahifasida ‘Yoqish’ tugmasini bosamiz.

Bo‘ldi, kredit tarixini tekshirishga taqiq qo‘ydik.

Kelajakda, kredit tarixini kimdir tekshirmoqchi bo‘lsa, sizga SMS xabarnoma keladi.

Bu xizmat 2024-yil oxirigacha bepul. 

Salomat bo‘ling.

-------

@farkhod_com
  • 👍 22
  • 🤝 7
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →